“Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Buenos-Ayresdagi teatrlardan biriga tashrif buyurdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Messining tashrifini ko‘rgan teatr artistlari u bilan salomlashish va sahnaga taklif qilish uchun spektaklni bir muddatga to‘xtatdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu lahzalarning videosi paydo bo‘ldi.